DUNYOGA ZARUR MUZEY

Page 1

Dunyoga zarur muzey




DUNYOGA ZARUR MUZEY

S

iz qoʻllaringizda hozirgi vaqtda endi yo’q boʻlgan Xalqaro Rerixlar Markazining (Rossiya, Moskva sh.) N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi doimiy ekspozitsiyasi toʻgʻrisida bayon qiladigan bukletni ushlab turibsiz. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining bevosita ishtirokida Davlat Sharq muzeyi tomonidan Rerixlar merosi va Lopuxinlar hovli-joyi noqonuniy olib qoʻyilganligi sababli, N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyining faoliyati 2017 yil 29 apreldan boshlab toʻxtatib qoʻyilgan. 25 yildan ortiq vaqt mobaynida yaratib kelingan noyob muzey ekspozitsiyasi vahshiyona yoʻq qilindi va qimmatbaho muzey jihozlari va eksponatlarning bir qismi atayin shikastlantirildi va buzib tashlandi. Xalqaro jamoatchilik va Muzeyning bosh direktori, akademik va hindshunos Lyudmila Vasilyevna Shaposhnikovaning koʻp yillik mehnati surbetlarcha yoʻq qilinib, muzey asoschisi — Svyatoslav Nikolayevich Rerixning irodasi poymol qilindi. Nikolay Rerix XX asrning 40‑yillarida muzeylarning yuksak maqsadi va ularning madaniyatni saqlab qolishdagi yetakchi roliga chuqur ishonib, “Muzeyni vayron qilish mamlakatni vayron qilish demakdir”, — deb yozgan edi. Vashingtonda 1935 yilda imzolangan Rerix Pakti/Treaty on the Protection of Artistic and Scientific Institutions and Historic Monuments (Roerich Pact)/ madaniy boyliklarni nafaqat urush paytida, balki eng avvalo tinchlik davrida muhofaza qilish lozimligini belgilaydi. Moskvada XXI asrda Xalqaro Rerixlar Markazining N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi bilan roʻy bergan voqea zamonaviy dunyoda Rerix Paktining ahamiyati masalasiga jiddiy e’tibor qaratishning sabablaridan biri hisoblanadi. AQSh Prezidenti Franklin Ruzvelt 1935 yil 15 aprelda Rerix Paktiga imzo chekar ekan, “bu shartnoma matnning oʻzida ifoda etilganidan ancha chuqur ma’naviy ahamiyatga ega”, deb ta’kidlagan edi.


1

Xalqaro Rerixlar Markazining N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi

990 yilda Yelena Ivanovna va Nikolay Konstantinovich Rerixlarning kenja oʻgʻli Svyatoslav Nikolayevich Rerix Hindistondan Rossiyaga, Moskvada N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyini yaratish sharti bilan, oʻz ota-onasining bebaho merosini berib yubordi. S.N.Rerixning ishonchli vakili, hindshunos va yozuvchi L.V.Shaposhnikovaning sa’y-harakatlari, taniqli diplomat Yu.M.Voronsov va metsenat B.I.Bulochniklarning koʻmagi tufayli S.N.Rerixning irodasi amalga oshirildi va 1993 yilning fevral oyida Muzey ilk bor barcha keluvchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi. Muzey Bosh direktori L.V.Shaposhnikova tomonidan ishlab chiqilgan ushbu dargohning ekspozitsiyasi Rerixlar oilasining hayoti va ijodiga oid eng muhim bosqichlarni aks ettirgan. Ularning har biri jahon madaniyati va ilmfani xazinasiga munosib hissa qoʻshgan. Ularning hayoti va ijodi insoniyatning kosmik evolyutsiyasi masalalariga toʻxtaladigan falsafiy tizim – Jonli Etika gʻoyalariga tayanadi. Eng zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq jihozlangan N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi Moskva markazida, qadimiy Lopuxinlar hovli-joyida joylashgan edi. Xalqaro Rerixlar Markazining jamoasi koʻp yillik faoliyati davomida homiylar va jamoatchilik yordami bilan XVII-XIX asrlar tarixi va madaniyatiga mansub xaroba boʻlib yotgan yodgorlik – Lopuxinlar hovli-joyini tikladi, muzey toʻplamini ota va oʻgʻil Rerixlar chizgan asarlar bilan toʻldirdi, ushbu meros mavzusiga oid 250 dan ortiq kitoblarni nashr qildi, 600 dan ortiq koʻchma koʻrgazmalar va oʻnlab ilmiy anjumanlarni uyushtirdi, Rerix Paktining tinchlikparvar gʻoyalarini xalqaro miqyosda tarqatdi. S.N.Rerix oʻz vatani Rossiyaga berib yuborgan noyob meros badiiy va falsafiy fikrning ajoyib boyligini oʻz ichiga oladi. Uning konsepsiyasiga muvofiq yaratilgan Muzey qisqa vaqt ichida nafaqat Rossiya, balki butun dunyoning haqiqiy madaniyat durdonasiga aylandi. U buyuk Rerixlar oilasining chinakam yodgorligi sifatida e’tirof etildi.


Kirish zali

K

irish zali muzeyning asosiy koʻrgazmasiga oʻziga xos epigraf vazifasini bajargan. Zalni loyihalashda Jonli Etika gʻoyalari – Rerixlar yaratishda ishtirok etgan kosmik voqelik falsafasi oʻz ifodasini topdi. Zamonaviy rassom Nina Volkovaning rasmlaridagi ramziy tasvirlar insoniyatning ma’naviy-madaniy evolyutsiyasining – Atlantida halokati va qadimgi Misr madaniyati yuzaga kelishidan boshlab, yangi davr va ongi Yer kurrasining doiralari bilan cheklanmaydigan, oʻzgargan va ruhlangan yangi odamning paydo boʻlishigacha boʻlgan asosiy bosqichlarini aks ettiradi. Ushbu evolyutsiya jarayonida yetakchi rol rasmlarda Budda va Iso Masih qiyofasida ifodalangan buyuk ma’naviy Ustozlarga tegishlidir. Jonli Etikaning insoniyatning kosmik evolyutsiyasiga oid gʻoyalari Rerixlarning koʻp qirrali faoliyatining asosini tashkil qildi. N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi ushbu buyuk oilaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan edi.

6


Peterburg zali

P

eterburg – yuksak madaniyat shahri, Sharq va Gʻarbni, turli davrlar va usullarni oʻzida mujassamlashtirgan shahar-muzeydir. N.K.Rerix (18741947) aynan shu shaharda dunyoga kelgan. Umrining 73 yilidan 42 yilini Nikolay Konstantinovich Peterburgda yashagan va ana shu ajoyib shahar bilan ma’naviy aloqani abadiy saqlab qolgan. Ushbu zalda namoyish qilingan fotosuratlar va hujjatlar Nikolay Konstantinovichni hayotining turli davrlarida: bolalik yillarida, mashhur K.I.Maya gimnaziyasida, soʻng Peterburg universitetida va Badiiy akademiyada oʻqib yurgan yillardagi holatini gavdalantiradi. Zalda N.K.Rerixning talabalik yillaridagi rasmlarini, uning tasviriy san’atga oid ishlarini koʻrish mumkin boʻlgan. Rerix Peterburgda yashagan davrda mashhur rassom, olim, yozuvchi, arxeolog, va jamoat arbobiga aylandi. Bu yerda u ajoyib inson, mashhur Golenishchevlar-Kutuzovlar oilasining vakilasi – Ye.I.Shaposhnikova (1879-1955) bilan uchrashdi. Zal eksponatlari orasida Golenishchevlar-Kutuzovlarning gerbi, Yelena Ivanovnaning bolalikdagi suratlari, ota-onasining suratlari namoyish etilgan. Nikolay Konstantinovich va Yelena Ivanovna butun hayoti davomida inoqlikda yashab, bir-birlarini ijodiy va ma’naviy jihatdan toʻldirib kelgan. Ularning toʻngʻich oʻgʻli Yuriy (1902-1960) atoqli sharqshunos-olim boʻlib etishgan, kenja oʻgʻli Svyatoslav (1904-1993) esa otasining kasbini tanlab, ajoyib rassomga aylangan. Ularning har biri sayyoramizning madaniy makonida betakror iz qoldirgan.

7


Rus zali

R

us zalining devorlarida qadimgi rivoyat va afsonalarning dunyosi yogʻoch oʻymakorlarning jimjimador naqshlarida jonlangan. N.K.Rerixning teatral asarlari mavzulari boʻyicha yaratilgan va ajoyib naqshlar bilan bezatilgan “Butparastlar Rossiyasi” va “Xristianlar Rossiyasi” dioramalari muzeyga keluvchilarni Rerix tarixchi, arxeolog va rassom sifatida kirib kelgan rus tarixining ikkita buyuk davrlari makoniga ergashtirgan. Rus Yerining obrazi Nikolay Konstantinovichning butun ijodiga oʻziga xos ahamiyat bagʻishlagan. Ushbu zalda turli yillarda va turli mamlakatlarda yaratgan asarlari namoyish etilgan. “Juda ozoda shahar – dushmanlar gʻazabiga sabab” asari yaqinlashayotgan urushni oldindan sezish sharoitida 1912 yilda Rossiyada yaratilgan; mashhur “Sankta” (“Avliyolar”) turkumini Rerix 1922 yilda AQShda yaratgan; “Avliyo Sergiy Radonejskiy”, “Slavyanlar yeri” va qator boshqa asarlarni muallif Hindistonda ijod etgan. Ushbu kartinalarning barchasi Vatanga chuqur muhabbat va uning yuksak maqsadiga ishonch bilan yoʻgʻrilgan.

8


Jonli Etika zali

J

onli Etika zali muzey ekspozitsiyasining yuragi hisoblangan. Uzoq galaktikalar va yulduz turkumlari zalning toʻq zangori makonida yorqin ranglar bilan porlaydi. Togʻ choʻqqisida turgan ayolning baland koʻtarilgan qoʻlida oʻchmas olov yonadi. N.K.Rerixning rasmlari to’q rangli ramkalar tubida porlaydi.. “Kosmik evolyutsiya xabarchilari” haykaltaroshlik kompozitsiyasida asrdan-asrga oʻtib, Yer sayyorasiga bilim olib kelgan va Ruh choʻqqilariga insoniyat yoʻlini belgilab bergan Insonlar siymolarining tasvirlari taqdim etilgan. XX asrning 20-30-yillarida Yelena Ivanovna va Nikolay Konstantinovich Rerixlar kosmik voqelik falsafasini dunyoga keltirdilar. Uni Jonli Etika deb atashgan va bir guruh hind faylasuflari va Ustozlari tomonidan insoniyatga yetkazilgan. Ushbu falsafa birmuncha gʻayrioddiy nomlangan – «Da’vat», «Munavvarlik», «Qalb», «Olovli dunyo» kabi kitoblarni oʻziga kiritadi. Ekspozitsiyada Parij va Riga shaharlarida chop etilgan rus tilidagi kitoblarning ilk nashrlari namoyish etildi. Jonli Etika hozirgi vaqtda sayyoramizda rivojlanib borayotgan yangi, kosmik tafakkurning ibtidosiga aylandi. U koinotni ruhlantirilgan Kosmosning ulkan energiya tizimi deb hisoblaydi; Butun olamning asosiy qonunlarini ochib beradi; evolyutsiyaning eng muhim jarayonlarini izohlaydi. Zalda Jonli Etika toʻgʻrisidagi ilk yozuvlar qayd etilgan Ye.I.Rerixning kundalik daftarlarini, Ustoz tomonidan Yelena Ivanovnaga sovgʻa qilingan qadimiy txankalar, vajra, “zi” munchogʻini koʻrish mumkin boʻlgan. Bu yerda N.K.Rerixning “Uning Mamlakati” turkumidagi tuvallari namoyish etilgan boʻlib, insoniyat ma’naviy Ustozining falsafiy gʻoyalari va butun dunyo manfaati yoʻlidagi mehnatlari haqida bayon qilgan.

9


Ustozlar zali

K

osmik evolyutsiya zinapoyasida bizdan yuqorida turgan va uzoq asrlar davomida insoniyatni ma’naviy taraqqiyot yoʻlidan yetaklab kelayotgan ushbu Yuksak Zotlar bilan muloqot Rerixlar oilasining hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Zalda Ustozlar portretlari, shuningdek, N.K.Rerixning “Xabarchi” va “Dunyoning Onasi” rasmlari taqdim etildi. Muallifning muzey ekspozitsiyasida markaziy oʻrin egallagan “Yashasin Qirol!” (1931) triptix-kartinasida Ustoz tasvirlangan boʻlib, u bilan hamkorlikda Yelena Ivanovna Rerix tomonidan Jonli Etika ta’limoti yaratilgan. Shuningdek zalda Ustoz Yelena Ivanovnaga hadya qilgan sovgʻalarni va ularning orasida – Misr malikasi Nefertitining uzugini; kumush gardish ichida cerdolikdan yasalgan qushlarni; Yelena Ivanovna Dardjilingda qabul qilgan, qayin poʻstlogʻi ustida yozilgan Ustozning maktubini; Nikolay Konstantinovichning rasmlari syujetlarining asosini tashkil qilgan uning bir qator rasmlarini koʻrish mumkin edi. Yelena Ivanovnaning ilhomlangan tasviri bizning oldimizda uning kenja oʻgʻli S.N.Rerix tomonidan yaratilgan portretda gavdalanadi.

10


Markaziy Osiyo ekspeditsiyasi zali

M

arkaziy-Osiyo ekspeditsiyasi N.K.Rerixning hayotidagi eng muhim faoliyatga aylandi. 1924 yilda Hindistonda boshlangan ekspeditsiya Xitoy, Sibir, Mongoliya, Tibetdan oʻtib, 1928 yilda yana Hindistonga qaytdi va oʻz yoʻnalishida Ichki Osiyoning kam oʻrganilgan va oʻtish qiyin boʻlgan hududlaridan kesib oʻtdi. Ekspeditsiyada, uning asosiy tarkibidan tashqari, Rerixning oʻzi, uning xotini Yelena Ivanovna va toʻngʻich oʻgʻli hamda sharqshunos-olim Yuriy Nikolayevich boʻlgan. Xaritaning maketida ekspeditsion karvonning yoʻlini kuzatish, zalda esa – marshrut davomida yuz bergan voqealar haqida ma’lumot olish, Rerixlar tomonidan Tibetda toʻplangan noyob arxeologik toʻplamni hamda Nikolay Konstantinovichning sayohat kundaliklari nashrlarini koʻrish mumkin edi. Ekspeditsiya davomida N.K.Rerix tomonidan 500 ga yaqin rasmlar, shu jumladan zalga joylashtirilgan “Budda va Iso Masih yoʻllarining chorrahasi», “Shekar-Dzong”, “Eng buyuk va muqaddas Tang-la” polotnolari yaratildi. Ekspeditsiya Osiyoning eng qadimgi madaniyatlari yerlaridan oʻtgan edi. Uning yoʻnalishi boʻylab ulkan ilmiy materiallar toʻplandi va keyinchalik N.K.Rerix tomonidan keng falsafiy nuqtai nazardan qayta ishlandi va tushunildi. Markaziy Osiyo ekspeditsiyasi ilmiy faoliyatdan tashqari hali teran anglanilmagan muhim evolyutsion ahamiyatini hali anglash kerak.

1924-1928 yillarda amalga oshirilgan ekspeditsiya marshruti

11


Kulu zali

K

ulu zali bizni 1928 yil oxirida Rerixlar oilasi kelgan Hindistonning muqaddas Himolay vodiysiga olib bordi. Bu yerda, Kulu vodiysida, Rerixlar tomonidan “Urusvati” (sanskrit tilidan tarjimasi “Tong yulduzining nuri” ni anglatadi) Himolay ilmiy tadqiqot instituti yaratildi. Institut kompleks xususiyatga ega boʻlgan. Ushbu bilim dargohi faoliyatining muhim tamoyili qadimgi bilimlarning zamonaviy ilmiy kashfiyotlar bilan uygʻunlashganligi bilan ifodalanadi. Institutda insonning ruhiy energiyasi, tafakkuri energiyasi boʻyicha tadqiqotlar olib borildi. Ushbu institut bilan A.Eynshteyn, R.Milliken, S.Gedin, N.I.Vavilov va boshqa yetakchi olimlar hamkorlik qilganlar. Zalda Rerixlarning shaxsiy buyumlari va ularning kolleksiyasidan olingan san’at predmetlari namoyish etildi. Kuluda oilaning hayoti juda sermazmun boʻlgan: Rerixlar institut ishida ishtirok etgan, koʻp qirrali ijodiy faoliyat yuritgan, eng mashhur odamlar bilan uchrashuvlar uyushtirganlar. Fotosuratlardan birida – Nikolay Konstantinovich 1942-yilda Rerixlar oilasiga tashrif buyurgan Javaharlal Neru bilan uchrashgan payti. Shunday ogʻir urush davrida ham ular RossiyaHindiston hamkorligi masalalarini muhokama qilganlar. Ekspozitsiyada S.N.Rerix tomonidan yaratilgan otasi va akasining portretlari, shuningdek Svyatoslav Nikolayevich chizgan oʻz avtoportreti ham namoyish etilgan. Rerichlar oilasining barcha faoliyati madaniyatning doimiy ahamiyatini tasdiqlashga qaratilgan edi. Bu sohadagi eng muhim tashabbuslardan biri madaniy boyliklarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Pakt boʻlib, unga Tinchlik Bayrogʻi zali bagʻishlandi. 12


Tinchlik Bayrogʻi zali

T

inchlik bayrogʻi, Madaniyat bayrogʻi zalning asosiy eksponatiga aylandi. Mato ustida – insoniyatning eng qadimgi ramzi: oq rangli asosda joylashtirilgan katta doira ichida uchta kichik qizil doira. Oʻtmish, Bugungi kun va Kelajak Abadiyatning yagona doirasida, yoki san’at, fan va din yagona Madaniyat halqasida. N.K.Rerix ushbu bayroqni Rerix Pakti deb nomlangan madaniy boyliklarni muhofaza qilish boʻyicha birinchi xalqaro Shartnomaning oʻziga xos belgisi sifatida taklif qildi. Loyihasi N.K.Rerix tomonidan 1929 yilda bir qator yevropalik huquqshunoslar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Pakt qanday ilgari soʻrilganligi va tasdiqlanganligi haqida zal ekspozitsiyasida taqdim etilgan fotohujjatlar bayon qildi. Fotosuratlarda unga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar, shuningdek, 1935 yil 15 aprelda Vashingtonda, Oq Uyda Prezident F.D.Ruzvelt ishtirokida boʻlib oʻtgan Rerix Pakti imzolanishining tarixiy lahzasi tasvirlangan. Jurnalistlar bu kunni “Butun insoniyatning yorqin bayrami” deb atashdi. Bizning davrimizda Pakt gʻoyalarini tarqatish va Tinchlik Bayrogʻini ilgari surish tashabbusini Xalqaro Rerixlar Markazi oʻz zimmasiga oldi. Tinchlik Bayrogʻi va Rerix Pakti nafaqat urush paytida, balki tinch davrida ham madaniy boyliklarni muhofaza qilishga da’vat etadi. “Rerix Pakti – bu aslida bizni madaniy merosimiz orqali yuksak holatdagi materiya olami, kosmik evolyutsiya yoʻlidan olib borayotgan olam bilan bogʻlovchi kosmik hodisa boʻlib, bizga muvaffaqiyatsizlik, tartibsizlik va zulmatga duch kelmaslikka imkon beradi” – deb yozadi L.V.Shaposhnikova.

13


Svyatoslav Rerix zali

Z

al Yelena Ivanovna va Nikolay Konstantinovichning kenja oʻgʻli, jamoat Muzeyi asoschisi, buyuk musavvir, mutafakkir va jamoat arbobi Svyatoslav Nikolayevich Rerixga bagʻishlangan edi. “Goʻzallik haqidagi xabarni har bir yurakka, har bir uyga olib kiramiz. Goʻzallikka intilish kundalik ibodatimizga aylansin...”, – deb ta’kidlardi Svyatoslav Nikolayevich. S.N.Rerix oʻzi ham Goʻzallik xabarchisi boʻlgan. Uning asarlari alohida ichki mazmundorligi va goʻzalligi bilan ajralib turadi. Rassom portretlarining qahramonlari ham ichki olamning boyligi bilan oʻziga jalb qiladi. Bu zalda Tibet lamalari va zohidlari, oddiy hindular, ayollar portretlari, N.K.Rerixning portretini koʻrishingiz mumkin edi. Rassom ijodida otasining portretlari (30dan ortiq) alohida oʻrin tutadi. Bu noyob turkumni buyuk oʻgʻilning buyuk ota haqidagi dostoni deb atashadi. Hind qishlogʻi hayoti haqidagi “Yer haydash” surati falsafiy masal sifatida qabul qilinadi. Hindiston, uning goʻzalligi va nafisligi, teran gʻoyalari musavvirni bu ajoyib mamlakatga bagʻishlangan koʻplab chiroyli polotnolarni yaratishga ilhomlantirdi. “Marvarid-moviy togʻlar” miltillagan yumshoq nur taratadi; “Ikki choʻqqi. Gepang” rasmining ranglari yorqinligi va keskinligi bilan ajralib turadi; “Gessar Xon toʻgʻrisidagi afsona” dunyo va inson goʻzalligini tarannum etadi. “Iso Masih shogirdlari bilan” asarida S.N.Rerix ma’naviy yetakchilik mavzusiga murojaat qiladi. Ustoz mavzusi rassomga ayniqsa yaqin boʻlgan. Uning uchun otasi va onasi eng yuksak ma’noda ustozlar edilar. Svyatoslav Nikolayevich ularning fikrdoshi boʻlib va oilasining barcha tashabbuslarida qatnashib, ota-onasining insoniy va chuqur falsafiy gʻoyalarini amalga oshirishga muvaffaq boʻldi. Va shuni ishonch bilan aytish mumkinki, biz S.N.Rerix tufayli Rerixlar oilasining merosi bilan Muzeyda taqdim etilgan yaxlitlikda tanishish imkoniga ega boʻldik.

14


Yuriy Rerix zali

U

shbu zal Yelena Ivanovna va Nikolay Konstantinovichning toʻngʻich oʻgʻli, sharqunos, sayohatchi, tilshunos, san’atshunos, arxeolog va tarixchi – Yuriy Nikolayevich Rerixga bagʻishlangan edi. Zalni oʻrab olgan friz va unda taqdim etilgan fotosuratlar bizni Hindiston, Tibet va Markaziy Osiyoga ergashtirib borgan edi. U maktab davrida yaratgan rasmlari va grafik asarlari yosh Yuriy Rerixning badiiy qobiliyati haqida hikoya qiladi. Zalda Sharq xalqlarining juda boy ma’naviy madaniyatini ifodalaydigan noyob ekspeditsiya buyumlari, ular qatorida Budda Maytreyn txankasi – Rerix ekspeditsiyaning butun marshruti davomida olib oʻtgan bayrogʻi namoyish etilgan. N.K.Rerixning etyudlarida Manchjuriya ekspeditsiyasi marshrutining goʻzal manzarasi gavdalanadi (1934-1935). Shuningdek Markaziy Osiyo xalqlari eposining afsonaviy qahramoni tasvirlangan mahobatli “Gessar Xon” polotnosi va “Qahramon yulduzi” kartinasi uchun eskiz ham ushbu rassommoʻqalamiga mansubdir. Shuningdek zalda Svyatoslav Nikolayevich Rerix tomonidan yaratilgan “Akam portreti” asari namoyish etilgan. Ushbu portret tugallanmagan, lekin unda ulkan jozibali siymo paydo boʻladi. Unda qat’iylik, kuchli iroda, shaylik hamda ajoyib nurli nigoh mujassamlashgan. Yuriy Nikolayevich Rerixdan unutilmas ichki nur taralashi haqida uni shaxsan bilgan koʻpgina insonlar e’tirof etgan.

15


Xalqaro Rerixlar Markazi va uning Muzeyi

X

alqaro Rerixlar Markazi (XRM) va uning N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyining faoliyati uning asoschichi S.N.Rerix konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan. Svyatoslav Nikolayevich ushbu Markazni faol ilmiy-madaniy markaz sifatida tasavvur qilgan. Oʻzining 27 yillik faoliyati davomida Xalqaro Rerixlar Markazi negizini Madaniyat va insoniyat hayotining ustuvorligi haqidagi gumanistik gʻoyalar tashkil qilgan Rerixlar merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha nafaqat dunyodagi eng yirik, balki yetakchi tashkilotiga aylandi. Xalqaro Rerixlar markazi madaniy boyliklarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi birinchi xalqaro shartnoma (1935 yil 15 aprel, Vashington) – Rerix Paktida oʻz aksini topgan va UNESCOni yaratish va faoliyatini yuritish uchun asos boʻlgan hamda N.K.Rerixning tinchlikparvar gʻoyalarini ommalashtirishga qaratilgan xalqaro faoliyat olib boradi. 2012 yildan boshlab bugungi kungacha “Rerix Pakti. Tarix va zamonaviylik” loyihasi koʻrgazmalari dunyoning 20 mamlakatida boʻlib oʻtdi. Bunday faoliyati uchun u UNESCO Bosh direktori va BMT Bosh Kotibidan bir necha bor tashakkurnomalar olishga muvaffaq boʻlgan. Havola: https://icr.su/rus/news/icr/Pact_project.php 2020 yilda Xalqaro Rerixlar Markazining “Rerix Pakti. Madaniyat orqali Tinchlik” yangi koʻrgazma loyihasi start oldi. Havolalar: https://icr.su/rus/news/icr/detail.php?ELEMENT_ID=6761 https://icr.su/rus/news/icr/detail.php?ELEMENT_ID=6767&sphrase_id=467345 16


Muzey: —— Nikolay Konstantinovich Rerix va uning oʻgʻli Svyatoslav rasmlarining doimiy ekspozitsiyasiga ega boʻlgan; —— Rossiyada, yaqin va uzoq xorij shaharlarida Nikolay Konstantinovich va Svyatoslav Nikolayevich Rerixlar rasmlarining sayyor koʻrgazmalarini oʻtkazgan; —— Rerixlarning oila fondi saqlanadigan qoʻlyozmalar boʻlimi va qiroatxona; shuningdek qiroatxona va noyob kitob fondiga ega boʻlgan ilmiy kutubxonaga ega boʻlgan; —— zamonaviy rassomlarning asarlari koʻrgazmalarini, shuningdek, mumtoz musiqa konsertlarini oʻtkazgan; —— keng noshirlik faoliyatini amalga oshiradi - kitob mahsulotlarini va choraklik “Kultura i vremya” jurnalini chop etadi; —— Birlashgan Millatlar Tashkilotining jamoat axborot Departamenti ishida qatnashadi; —— ichki va tashqi Rerix harakati bilan doimiy aloqalarni amalga oshiradi; —— Rerixlar oilasining ijodiy merosiga bagʻishlangan har yilgi xalqaro ilmiy-jamoat anjumanlari, ilmiy ma’ruzalar va seminarlarni oʻtkazadi; —— akademik L.V.Shaposhnikova tomonidan yaratilgan Jonli Etika metodologiyasi asosida dunyoning yangi manzarasi konsepsiyasini qaror toptirish yoʻlida faol ilmiy faoliyat olib boradi. Bugungi kunda jamoat Muzeyining ekspozitsiyasi yoʻq qilingan, Rerixlar merosi esa Davlat Sharq muzeyi tomonidan olib qoʻyilgan boʻlsa-da, Xalqaro Rerixlar Markazi madaniy va ilmiy faoliyatini samarali davom ettirmoqda. Markaz xalqaro ilmiy anjuman va seminarlarni oʻtkazishni davom ettirib, fanda yangi kosmik tafakkur gʻoyalarini qaror toptirmoqda. Havola: https://icr.su/rus/conferencies/ Ilmiy ma’ruzalar doimiy ravishda o’qiladi va Rerixlar oilasining badiiy, falsafiy va ilmiy merosi bilan tanishtiradi. Rerixlarning badiiy, falsafiy va ilmiy merosi jahon ahamiyatiga molik merosdir. U butun insoniyat madaniy merosining bir qismi hisoblanadi. Xalqaro Rerixlar Markazi va uning jamoat Muzeyining faoliyati tufayli Rerixlarning falsafa, san’at, fan sohasidagi gʻoyalari xalqaro makonda madaniy, ilmiy va ijtimoiy hayotning bir qismiga aylanmoqda.

17


Nikolay Konstantinovich Rerix

(1874-1947) – butun dunyoga nom taratgan mashhur buyuk rus rassomi, olim, mutafakkir, sayohatchi va jamoat arbobi. Uning ijodiy merosi 7 mingdan ortiq rasm va grafik asarlar hamda 30 ga yaqin kitoblardan tashkil topgan boʻlib, ular adabiy-falsafiy asarlarni oʻz ichiga oladi. U Vashingtonda (AQSh) 1935 yilda imzolangan tinchlik davrida va qurolli mojarolar paytida madaniy mulkni soʻzsiz muhofaza qilish toʻgʻrisidagi birinchi xalqaro shartnoma – Rerix Paktining tashabbuskoridir. Rerix Pakti madaniy qadriyatlarni muhofaza qilishning zamonaviy xalqaro-huquqiy tizimiga asos soldi. 1930 yillarda Rerix Tinchlik Bayrogʻi ostida madaniy qadriyatlarni muhofaza qilish xalqaro harakatining asoschisi boʻlib, uni Madaniyatning Qizil Xochi deb atagan. XX asrda (1924-1928) Markaziy Osiyoda eng yirik ilmiy ekspeditsiyani oʻtkazdi. Hindistonda “Urusvati” Himolay ilmiy tadqiqot institutini tashkil qildi (Kulu vodiysi, Naggar). Rerix oʻz Vatanini qattiq sevgan va oxirgi kunlarigacha Rossiyaga (oʻsha vaqtlarda Sovet Ittifoqiga) qaytishga intilgan, lekin Sovet hokimiyati bunga ruxsat bermagan. 1928 yildan umrining oxirgi kunlarigacha ikkinchi Vataniga aylangan Hindistonda yashagan. Nikolay Rerixning oilasini Javaxarlal Neru oilasi bilan yaqin doʻstlik rishtalari bogʻlagan.

Yuriy Nikolayevich Rerix

(1902-1960) – XX asrning taniqli hindshunos, tibetshunos, moʻgʻulshunos olimi, buddizm bilimdoni, Nikolay Konstantinovich va Yelena Ivanovna Rerixlarning katta oʻgʻli. U zamonaviy oriyentalistikaning qator sohalari rivojiga, Gʻarb va Sharq xalqlari va madaniyatlarining yaqinlashishiga ulkan hissa qoʻshgan oʻnlab ilmiy asarlar qoldirdi. 1957 yilda Sovet Ittifoqiga qaytib kelgan Rerixlar oilasining yagona a’zosi boʻlib, oʻz mamlakatida Sovet fuqaroligini olgan va SSSR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida Sharq falsafasi va dini boʻlimi boshligʻi boʻlgan, 1960 yilda esa Moskvada kutilmaganda vafot etib qolgan. 18


Yelena Ivanovna Rerix

(1879-1955) – yirik rus mutafakkiri, Sharq falsafasining chuqur bilimdoni, yozuvchi, jamoat arbobi, turmush oʻrtogʻi Nikolay Rerixning sodiq safdoshi. U Sankt-Peterburgda (Rossiya) tugʻilgan boʻlib, Kalimpongda (Hindiston) oʻz hayot yoʻlini tugatdi, chunki u ham, eri kabi, umrining oxirigacha Vataniga qaytishga ruxsat ololmadi. U Budda ta’limotining asosiy falsafiy negizlarini ochib beruvchi “Buddizm asoslari”; insoniyatning ma’naviy Ustozlari haqidagi afsonalarga bagʻishlangan “Sharq Kriptogrammalari”; eng hurmatli rus avliyolaridan biri “Avliyo Sergiy Radonejskiy” haqidagi ocherk kabi kitoblar muallifi boʻlgan. Elena va Nikolay Rerixlar Sharq Ustozlari bilan birgalikda Jonli Etika falsafiy tizimini yaratdilar. Rus tilida yaratilgan va oʻsha davrda gulkiragan va Kumush asri deb nom olgan (XIX asr oxiri – XX asr boshi) rus madaniyatining ajralmas qismidir. Jonli Etika Nikolay va Yelena Rerixlar ijodiy faoliyatining aspektlarini qamrab olgan va uning asosi boʻlgan. Bu fikr ularning oʻgʻillariga ham tegishlidir.

Svyatoslav Nikolayevich Rerix

(1904-1993) – atoqli rassom, mutafakkir, tabiatshunos olim, jamoat arbobi, Nikolay Konstantinovich va Yelena Ivanovna Rerixlarning kenja oʻgʻli. Uning ijodiy merosi 5 mingdan ortiq xushmanzara rasmlarni oʻz ichiga oladi. Rassomhayotining katta qismini Hindistonda yashab, u yerda (Bangalorda) olamdan koʻz yumgan. Svyatoslav Rerix Rossiyaning buyuk oʻgʻloni va Hindiston fuqarosi edi. U 1962 yilda Bangalorda (Hindiston) Hind faylasufi Aurobindo Gxosh gʻoyalari asosida badiiy tarbiyaga katta e’tibor beriladigan bolalar maktabini tashkil etdi. S.N.Rerix hanuzgacha uning tashabbusi bilan yaratilgan Xalqaro Rerixlar Muzeyining faxriy prezidenti boʻlib qolmoqda. 19


X

alqaro Rerixlar Markazining N.K.Rerix nomidagi jamoat muzeyi ekspozitsiyasi ataylab vayron etilishi XVII-XIX asrlarda “Lopuxinlar hovli-joyi” me’moriy yodgorligini tiklash va jamoat Muzeyini yaratishga muhim hissa qoʻshgan xalqaro Rerix harakati ishtirokchilarining madaniy huquqlarini poymol qildi. Xalqaro Rerix harakati Xalqaro Rerixlar Markazining koʻrgazma loyihalari, seminarlar, konferensiyalar, ijodiy tanlovlar kabi koʻplab tadbirlarida faol ishtirok etadi. N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyining majburiy yopilishi va uning eksponatlari musodara qilinishi nafaqat Rossiya fuqarolarining, balki xalqaro hamjamiyatning madaniy faoliyat sohasidagi inson huquqlarini buzishga olib keldi. Hatto bugungi kunda ham Xalqaro Rerixlar Markazi, xalqaro jamoatchilik koʻmagida, sudlarda, shu jumladan inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudida, S.N.Rerixning vasiyatnomasiga koʻra unga tegishli Rerixlar merosiga boʻlgan huquqlarini va hadyachining irodasini himoya qilishni davom etmoqda. Havolalar: https://save.icr.su/ru/, ingliz tilida https://save.icr.su/en/ N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi Rossiya madaniyatidagi noyob hodisa boʻlib, uning ma’rifiy va tinchlikparvar faoliyati dunyoning koʻplab mamlakatlarida katta qiziqish uygʻotdi. Madaniyat qadriyatlariga befarq boʻlmagan va qonuniylik va adolatni himoya qilishga shay boʻlgan qalbi otash insonlarning birgalikdagi sa’yharakatlari bilan Xalqaro Rerixlar Markazining N.K.Rerix nomidani jamoat Muzeyi ekspozitsiyasi butunlay tiklanishiga ishonamiz! N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi virtual rejimda faoliyat yuritmoqda. Uning ekspozitsiyasini quyidagi havolada koʻrish mumkin: https://icr.su/rus/museum/layout/index.php Bogʻlanish ma’lumotlari: Elektron pochta: roerich@icr.su OAV uchun telefonlar: +7 (916) 092–08–23 20


N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi zallari Davlat Sharq muzeyi tomonidan vayron etilgunga qadar

Muzey vayron qilingan va Rerixlar merosi hamda Lopuhinlar hovli-joyi olib qoʻyilgandan keyin


Tarixiy ma’lumotnoma 1989 yilda S.N.Rerix Rossiyaning (Sovet Ittifoqi, huquqiy merosxoʻri Rossiya Federatsiyasi boʻlgan) meros bilan ish olib borish uchun Lopuxinlar hovlijoyi binolarida joylashadigan jamoat Muzeyi yaratilishi toʻgʻrisida bergan kafolatlariga asoslanib, Rerixlar merosini Rossiyaga topshirish yuzasidan qaror qabul qildi. Ushbu jamoat Muzeyi tashkil etilgan “Rerixlarning Sovet fondi” jamoat tashkiloti tarkibiga qiradi va ushbu tashkilot muzey faoliyatini amalga oshiradi. Davlatning kafolatlari mamlakat boshqaruv organlarining Qaror va Farmoyishlari bilan belgilandi. https://icr.su/rus/news/icr/detail.php?ELEMENT_ID=6942&sphrase_id=467346 https://icr.su/rus/news/2021/Postanovlenie_Sovet_Ministrov_950_4.11.1989.pdf https://icr.su/rus/news/2021/Resheniye_2248_28.11.1989.pdf 1990 yilda mart oyida S.N.Rerix, Hindiston qonun normalariga muvofiq “Moskvadagi Rerixlarning Sovet fondi uchun Rerixlar arxivi va merosi” vasiyat farmoyishini tuzdi va jamoat Muzeyini yaratish uchun Rerixlar merosini Rerixlarning Sovet Fondi (RSF) vitse-­raisi L.V.Shaposhnikova orqali ushbu fondga topshirdi. L.V.Shaposhnikova o’sha yilning may oyida merosni Moskvaga yetkazib berdi. RSF olingan merosni S.N.Rerixning vakolatnomasi asosida tasarruf qildi. Vasiyat farmoyishining 5‑bandiga muvofiq, ushbu merosga boʻlgan huquq faqat S.N.Rerixning oʻlimidan soʻnggina RSFga oʻtishi belgilangan. 1991 yilda, Sovet Ittifoqi boʻlinib ketganligi sababli, S.N.Rerixning tashabbusi bilan Rerixlarning Sovet Fondi Xalqaro Rerixlar Markaziga (XRM) aylantirildi. 1992 yilda S.N.Rerix Rerixlar merosiga boʻlgan huquqni Xalqaro Rerixlar Markaziga topshirish haqidagi farmoyishni Hindistonda notariusda rasmiylashtirdi va tasdiqlattirdi, va ushbu Markaz S.N.Rerixning irodasini bajarib, Lopuxinlar hovli-­joyida N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyini tashkil qildi. S.N.Rerix oʻz merosini Rossiya davlati foydasiga topshirganligi haqida bironta rasmiy hujjat mavjud emas. Lekin shunga qaramay, Rerixlar merosini Xalqaro Rerixlar Markazidan olib qoʻyishga urinishlar davlat tomonidan N. K. Rerix nomidagi jamoat Muzeyi faoliyatining ilk yillaridan boshlab amalga oshirildi. Shu maqsadda Xalqaro Rerixlar Markazi koʻplab sud jarayonlariga tortildi. Natijada 2011 yilda Rossiya sudi Xalqaro Rerixlar Markazi S.N.Rerixning meros boʻlib qolgan mulkini qabul qilganligi holatini aniq belgiladi. Ana shu qaror qat’iy boʻlib, kuchga qirdi. 2012 yilda Rossiya Federatsiyasining Madaniyat vaziri sifatida V.R.Medinskiy tayinlangandan keyin Xalqaro Rerixlar Markazidan Rerixlar merosini olib qoʻyish va uning N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyini yoʻq qilishga qaratilgan kampaniya boshlandi. 22


2014 yilda Davlat Sharq muzeyi (DShM) Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining koʻmagida 2011 yilda oʻtkazilgan sudning “Xalqaro Rerixlar Markazi S.N.Rerixning meros boʻlib qolgan mulkini qabul qilganligi” toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilish uchun sudga ariza beradi. Dalillardan biri V.R.Medinskiyning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinga maktubi boʻlib, davlatning merosga boʻlgan huquqlari haqidagi asossiz da’volarni oʻz ichiga olgandi. https://www.icr.su/rus/protection/heritage/museum/files/medinskii_ letter_11.11.2013.jpg https://icr.su/rus/news/icr/detail.php?ELEMENT_ID=5458&sphrase_ id=467348#_ftn4 Moskva shahar sudining 2014 yildagi apellyatsiya ajrimi sudning 2011 yildagi qarorini bekor qilgan, ammo mulkdor tomonidan oʻtkazilgan merosning Xalqaro Rerixlar Markazida noqonuniy saqlanib kelayotganligini belgilamagan va ushbu merosning davlatga tegishli ekanligini aniqlamagan. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi 2017 yilga qadar Xalqaro Rerixlar Markazidagi Rerixlar merosiga boʻlgan davlat huquqi toʻgʻrisida e’lon qilmagan va meros egasi S.N.Rerix tomonidan Markazga oʻtkazilgan Rerixlar merosiga ushbu Markaz egalik qilishiga qarshi sudga murojaat qilmagan. 2015 yilning oktyabr oyida RF Madaniyat vaziri V.R.Medinskiyning tashabbusi bilan Lopuxinlar hovli-joyi imoratlarini federal mulkka topshirish jarayoni oʻtkazildi va 2015 yilning noyabr oyida Davlat mulkini boshqarish boʻyicha Rossiya Federal agentligi RF Madaniyat vazirligining hovli-­joyni Davlat Sharq muzeyining (DShM) amaliy boshqaruviga topshirish toʻgʻrisidagi iltimosini bajardi. Davlat Sharq muzeyi ushbu hovli-­joyda filial huquqiga ega boʻlgan Davlat Rerixlar muzeyini yaratishni rejalashtirgan. Lekin shunda Xalqro Rerixlar Markazining N.K.Rerix nomidagi Muzeyi 25 yildan ortiq vaqt mobaynida Lopuxinlar hovli-­joyida faoliyat yuritganligi hisobga olinmagan. 2015 yilda Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari V.V.Aristarxov prokuratura tomonidan Rerixlar merosiga egalik qilishning qonuniyligi yuzasidan Xalqaro Rerixlar Markazini besh marta tekshiruvdan oʻtkazishni uyushtirdi. Prokuratura tomonidan Rerixlar merosi Xalqaro Rerixlar Markazida noqonuniy saqlanishiga oid hech qanday belgilarni topmadi. 2016 yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi Kollegiyasi Lopuxinlar hovli-­joyida Davlat Sharq muzeyining filiali sifatida Rerixlar oilasining davlat muzeyini yaratishga qaror qildi va bu bilan Lopuxinlar hovli-­joyida jamoat Muzeyini joylashtirish yuzasidan davlat oʻz zimmasiga olgan majburiyati buzildi.

23


Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi Kollegiyasi Lopuxinlar hovli-­joyida Davlat Sharq muzeyi filiali huquqlariga ega boʻlgan Rerixlar oilasining Davlat muzeyini yaratish yuzasidan qaror qabul qildi. Bu bilan davlat tomonidan S.N.Rerixga Lopuxinlar hovli-­joyida jamoat Muzeyini joylashtirish boʻyicha berilgan va’da buzildi. 2016 yilda RF Madaniyat vazirligi tomonidan Xalqaro Rerixlar Markaziga nisbatan turli davlat nazorat organlarining rejadan tashqari 17 tekshiruvlari uyushtirildi. Tekshiruvlar maqsadi — ma’muriy bosimni amalga oshirib, Xalqaro Rerixlar Markazini Lopuxinlar hovli-­joyidan majburan koʻchirib chiqarish, S.N.Rerix tomonidan unga topshirilgan merosni tortib olish va N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyini yoʻq qilishdan iborat edi. 2016 yilda Davlat Sharq muzeyi, amaliy boshqaruvchi sifatida, Xalqaro Rerixlar Markazi bilan undan begʻaraz foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish va uni uydirma sabablarga koʻra Lopuxinlar hovli-­joyidan koʻchirib chiqarish haqidagi da’voni uzatadi. Xalqaro Rerixlar Markazining yarim vayrona holatdagi Lopuxinlar hovli-­ joyini tiklash borasidagi buyuk xizmatlarini hamda Moskva Hukumatining ushbu Markaz hovli-­joyining 2 imoratini 10 yil muddatga begʻaraz foydalanish berish toʻgʻrisidagi Farmoyishini (21.08.2014 yilgi 452-RP-son) inobatga olmasdan, sud 2017 yilning aprel oyida Davlat Sharq muzeyining da’vosini qanoatlantirdi. Xalqaro Rerixlar Markazi ushbu sud qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda apellyatsiya shikoyatini uzatdi. 2017 yil 7–8 mart kunlari Xalqaro Rerixlar Markazining N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi va uning xodimlariga qarshi qurollangan maxsus boʻlinmalar koʻmagida birinchi kuch ishlatish harakati amalga oshirildi. Jamoat Muzeyi ekspozitsiyasi va fondini saqlash xonalaridan metsenatlar hadyalari tufayli xarid qilingan va XRMning mulki hisoblangan Nikolay va Svyatoslav Rerixlarning 200 ga yaqin asarlari olib qoʻyildi. Rerixlarning bu asarlarini 2002 yildan boshlab

24


muzeyga sovgʻa sifatida oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarning asl nusxalari va 1990‑yillarga mansub oʻta muhim tarixiy hujjatlar musodara qilindi. 2017 yil 28 va 29 aprel kunlari RF Madaniyat vazirligi va tanish belgilarini taqmagan maxsus boʻlinmalar ishtirokida Davlat Sharq muzeyi boshchiligida ikkinchi kuch ishlatish tadbiri oʻtkazildi. Natijada Xalqaro Rerixlar Markaziga tegishli Rerixlar merosi olib qoʻyildi, jamoat Muzeyining doimiy ekspozitsiyasi va qimmatbaho uskunalari vahshiyona buzib tashlandi. Shu asnoda huquq va qonuniylikning barcha tamoyillari buzildi. Vaqt koʻrsatganidek, bularning barchasi madaniy qadriyatlarning oʻgʻirlanishiga olib keldi. 2017 yilda soliq inspeksiyasi jamoat Muzeyi mavjudligining butun davri davomida birinchi marta muzey faoliyatida doimiy koʻrgazmaga taqdim etilgan rasmlardan foydalanganlik uchun 60 mln. rubl miqdorda soliq toʻlashni talab qildi. Rossiyadagi hech bir muzey oʻz faoliyatida san’at asarlaridan foydalanganlik uchun mol-mulk soligʻini toʻlamagan. Muzeydagi hadya qilingan san’at asarlarini asosiy vositasi sifatida hisobga olish va ular uchun soliq toʻlash noqonuniyligi haqidagi sudga Xalqaro Rerixlar Markazi tomonidan uzatilgan e’tirozlar va dalillar hech qanday natija bermadi. 2017 yil may oyida soliq inspeksiyasi qarzdorlikni toʻlash talabi bilan soliq huquqbuzarligi uchun XRMni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, uning miqdori (taxminan 800 ming yevro) jamoat tashkiloti uchun ogʻirliq qilardi. 2017 yil 1 may tunida Davlat Sharq muzeyi vakillari Lopuxinlar hovlijoyi hududidagi flagshtokdan Tinchlik Bayrogʻini — jahon madaniy merosini muhofaza qilish haqidagi birinchi xalqaro Shartnoma hisoblangan Rerix Paktining oʻziga xos bayroqchasini yechib oldilar.

25


Xalqaro Rerixlar Markazining N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyi atrofidagi vaziyatga davlat ommaviy axborot vositalarining munosabati 2015 yilda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi uning nazoratida boʻlgan OAVda Xalqaro Rerixlar Markazi va uning madaniy-ma’rifiy faoliyati atrofidagi vaziyat toʻgʻrisida biror ma’lumot bosib chiqarishning har qanday imkoniyatini butunlay toʻsib qoʻydi. Mamlakat uchun juda ahamiyatli boʻlgan: —— 2015 yilning aprel oyida BMTning Nyu-­Yorkdagi Bosh qarorgohida Xalqaro Rerixlar Markazining “Rerix Pakti. Tarix va zamonaviylik” tinchlikparvarlik koʻrgazmasining ochilishi va oʻtkazilishi; —— 2015 yilning may oyida UNESCO Bosh direktori Irina Bokovaning Moskvadagi N.K.Rerix nomidagi jamoat Muzeyiga doʻstona tashrifi, kabi voqealar davlat OAVda umuman yoritilmay qolib ketdi. 2017 yil 28 apreldan boshlab davlat OAVning katta qismida Xalqaro Rerixlar Markazi va uning jamoat Muzeyi haqida misli koʻrilmagan uydirmalarni tarqatish kampaniyasi amalga oshirildi. XRMda ushbu boʻhtonlarga nisbatan rasmiy raddiya berish va muqobil pozitsiyani bildirish uchun hech qanday imkoniyat yoʻq. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi nomidan Madaniyat vazirligi, huquqni muhofaza qilish organlari koʻmagida, Rossiya Federatsiyasi huquqi va xalqaro huquqni qoʻpol buzgan holda, jamoat Muzeyi ekspozitsiyasini yoʻq qilib tashladi, muzey uskunalarining katta qismini vahshiylarcha yaroqsiz ahvolga keltirdi va Xalqaro Rerixlar Markazining oʻzini himoya qilish huquqini inkor etmoqda. Rossiya Federatsiyasi Davlat Sharq muzeyi va Madaniyat vazirligining egaligiga noqonuniy yoʻl bilan tushib qolgan Xalqaro Rerixlar Markaziga tegishli Rerixlar merosi vijdonsiz saqlanishi va namoyish etilishi sababli oʻgʻirlanishi va zarar yetkazilishi xavfi ostida qolgan. Havola: https://save.icr.su/ru/news/ Nikolay Rerixning tinchlikparvar gʻoyalarini ommalashtirishga qaratilgan va mamlakat, BMT va UNESCO rahbariyati tomonidan keng e’tirof etilgan Xalqaro Rerixlar Markazining faoliyati vijdonli va adolatli insonlarning ma’naviy va moliyaviy koʻmagiga muhtoj. Yuqorida bayon qilingan faktlar bilan quyidagi saytda tanishish mumkin: #СохранимМузейРериха | #SaveRoerichMuseum https://save.icr.su/en/ https://save.icr.su/en/news/ https://save.icr.su/en/category/chronicle/ 26


27


H

RERIX PAKTI HAQIDA

ar qanday jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri yangi gʻoyalar paydo boʻladigan, dunyoqarashni kengaytiridigan va yangi qarashlarni shakllantiradigan, davlatchilikning rivojlanishi, gullab-­yashnashi va umuman mamlakat farovonligi uchun turtki beradigan muhit sifatida doimo Madaniyat boʻlib kelgan va shundayligicha qolmoqda. Nikolay Konstantinovich Rerix va uning oila a’zolari fuqarolik va huquqiy qadriyatlarni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan yangi falsafiy, ilmiy, kulturologik va badiiy mohiyatni qamrab olgan ulkan madaniy boylik qoldirganlar. N.K.Rerix jahon madaniyati va ilmu-fani xazinasiga munosib hissa qoʻshdi. U dunyoga mashhur yuzdan ortiq institutlar, akademiyalar, ilmiy korporatsiyalar va madaniy muassasalarning faxriy va toʻlaqonli a’zosi etib saylandi. Muallifning moʻyqalamiga mansub rasmlar dunyodagi koʻplab muzeylar va xususiy toʻplamlarda saqlanmoqda. Svyatoslav Nikolayevich Rerix ota-onasining vasiyatnomasiga binoan Rerixlar merosining bir qismini oʻz vataniga — Rossiyadagi muzey, madaniy taraqqiyot va ma’rifat markaziga aylanishi lozim boʻlgan jamoat muzeyiga joylashtirish uchun topshirdi. Rossiyada XX asrning 90 yillarida roʻy bergan oʻzgarishlar S.N.Rerixning tashabbusini muvafffaqiyatli roʻyobga chiqarishga imkon berdi. Moskvadagi N.K.Rerix nomidagi Davlat muzeyi Rossiyada madaniyat va 28


fuqarolik jamiyatini qurishning ommaviy koʻrinishini shakllantirishning yorqin namunasi boʻldi. N.K.Rerix tashabbuskori boʻlgan badiiy va ilmiy muassasalar va tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Shartnoma — Rerix Pakti XX asrning muhim voqeasiga aylandi. N.K.Rerix huquqshunos sifatida odamlar ongiga, birinchi navbatda, madaniy ob’yektlarni muhofaza qilish zarurligini singdirishga harakat qildi, chunki madaniy merosni vaqt va davlatlar oʻrtasidagi chegaralar bilan cheklab boʻlmasligiga va u butun insoniyatga tegishli ekanligiga astoydil ishongan. U yaratgan hujjat turli xalqlar tomonidan yaratilgan madaniy qadriyatlarni, metsenat va hadyachilar irodasini hamda ijodkor va daholarning mualliflik huquqlarini himoya qilishga qaratilgan edi. N.K.Rerix va uning maslakdoshlari amalga oshirgan katta yuridik va jamoat ishlari natijasida Rerix Pakti 1935 yilda Vashingtonda Shimoliy va Janubiy Amerikaning 21 mamlakatlari tomonidan imzolandi. Ushbu Shartnomani imzolagan davlatlar harbiy toʻqnashuvlar va tinchlik davrida madaniy ob’yektlarni muhofaza qilish, ularga homiylik va hurmat koʻrsatish majburiyatini oʻz zimmalariga oldilar. Ushbu hujjat, eng avvalo, jamiyat hayotida madaniyatning ustuvorligi gʻoyasini ilgari surgani uchun oʻzining yuksak gumanistik mazmuni bilan ajralib turadi. Rerix Pakti madaniy qadriyatlarning soʻzsiz daxlsizligi, tinchlik davrida madaniy qadriyatlar roʻyxatini tuzish va ularni maxsus belgi bilan belgilash kabi himoya tamoyillarini va shu kabilarni aks ettiradi. Bunday tamoyillar madaniy merosni muhofaza qilish sohasida muvaffaqiyatli davlatlararo hamkorlik yuritishga xizmat qiladi va XX asrning ikkinchi yarmida UNESCO faoliyatining tamoyillarida oʻz aksini topgan. Rerix Pakti, shubhasiz, keng jamoatchilik, ziyolilar va davlat arboblari tomonidan qoʻllab-quvvatlanganligi uchun, uni XX asrning eng mashhur jamoatchilik tashabbusi deb atash mumkin. Hozirgi vaqtda Rerix Paktining ahamiyati va dolzarbligi yanada oshdi, chunki dunyoda urush davrida ham, tinchlik davrida ham madaniy qadriyatlar vayron qilinishi toʻxtamayapti. N.K.Rerix nomidagi noyob jamoat Muzeyi, S.N.Rerix tomonidan yaratilgan va N.K.Rerix va S.N.Rerixlarning asarlari va rasmlarining eng katta toʻplamiga, bebaho arxiv, Rerixlar oilasining kutubxonasi va boshqa nodir toʻplamlarga ega boʻlgan Xalqaro Rerixlar Markazining buzilishi buning yorqin misoli boʻladi.

29


BADIIY

VA ILMIY MUASSASALAR VA TARIXIY YODGORLIKLARNI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA (RERIX PAKTI)

Vashington. 1935 yil 15 aprel

Yuqori Ahdlashuvchi tomonlar, 1933 yil 16 dekabrda Montevideoda boʻlib oʻtgan amerika davlatlarining Yettinchi xalqaro konferensiyasida qatnashgan barcha davlatlar tomonidan ma’qullangan Rezolyutsiya qoidalariga rasmiy tus bagʻishlash maqsadida, Qoʻshma Shtatlardagi Rerix muzeyi tashabbuskori boʻlgan «Rerix Paktini imzolamagan amerika davlatlari hukumatlariga» xalqlarning madaniy merosini tashkil qiladigan va nafaqat davlat mulki, balki xususiy mulk koʻrinishida saqlanib kelinayotgan barcha yodgorliklar xavf ostida qolganda ularning muhofazasini ta’minlash maqsadida rasmi yaxshi ma’lum boʻlgan bayroqni butun jahonda e’tirof etishga qaratilgan ushbu Paktga qoʻshilishni tavsiya qilib, urush davrida ham, tinchlik davrida ham madaniy qadriyatlarni hurmat va muhofaza qilish uchun tegishli shartnoma tuzishga qaror qilib, quyidagilar haqida kelishib oldilar: I modda Tarixiy yodgorliklar, muzeylar, ilmiy, badiiy, ma’rifiy va madaniy muassasalar betaraf hisoblanadi va shu sifatda urushayotgan tomonlarning hurmati va homiyligidan bahramand boʻladilar. Yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar xodimlariga ham xuddi shunday hurmat va homiylik koʻrsatiladi. Xuddi shunday, tarixiy yodgorliklar, muzeylar, ilmiy, badiiy, ma’rifiy va madaniy muassasalar harbiy toʻqnashuvlar vaqtida ham, tinchlik davrida ham hurmat qilinadi va homiylik ostiga olinadi. II modda Avvalgi moddada tilga olingan, betaraf hisoblanadigan, homiylik va hurmat bildiriladigan tarixiy obidalar va muassasalar, ular qaysi davlatga mansub boʻlishidan qat’i nazar, barcha hududlarda Paktni imzolagan va unga qoʻshilgan davlatlar suverenitetining ob’yektlari hisoblanadi. Bunday homiylik va hurmatni ta’minlash uchun tegishli hukumatlar oʻz mamlakatlarining ichki qonunchiligi sohasida zarur choralarni koʻrishga rozilik bildiradilar. 30


III modda I moddada koʻrsatilgan yodgorliklar va muassasalarni belgilash uchun, mazkur shartnomaga ilova qilingan namunaga muvofiq, maxsus bayroq (oq fonda joylashgan oʻrtasida uchta doira chizilgan qizil aylana) qoʻllanilishi mumkin. IV modda Ushbu shartnomani imzolagan va unga qoʻshilgan davlatlar hukumatlari shartnoma imzolash yoki unga qoʻshilish bilan bir vaqtda Pan-­Amerika ittifoqiga ushbu shartnomada nazarda tutilgan homiylikni kengaytirish maqsadga muvofiq boʻlgan yodgorliklar va muassasalar roʻyxatini yuboradilar. Shartnomani imzolagan va unga qoʻshilgan tomonlar haqida hukumatlarni xabardor qilishda Pan-­Amerika ittifoqi ularga ushbu maqolada tilga olingan yodgorliklar va muassasalar roʻyxatini yuboradi hamda boshqa hukumatlarga bu roʻyxatdagi har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabar beradi. V modda I maqolada koʻrsatilgan yodgorliklar va muassasalar harbiy maqsadlarda foydalanilsa, ularga nisbatan ushbu shartnomada nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilishi toʻxtatiladi. VI modda Shartnoma imzolash uchun ochilgan vaqtda uni imzolamagan davlatlar ushbu hujjatni istalgan vaqtda imzolashlari yoki unga qoʻshilishlari mumkin. VII modda Ushbu shartnomaga qoʻshilish hamda uni ratifikatsiya yoki denonsatsiya (bekor) qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar Pan-­Amerika ittifoqida saqlanadi va ittifoq ushbu shartnomani imzolagan yoki unga qoʻshilgan boshqa davlatlarga ana shu hujjatlarni qabul qilganligi toʻgʻrisida xabar beradi. VIII modda Ushbu shartnoma uni imzolagan yoki unga qoʻshilgan har qanday davlat tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin, shu bilan birga denonsatsiya uning toʻgʻrisida ushbu shartnomani imzolagan yoki unga qoʻshilgan boshqa davlatlarga habar berilgandan keyin uch oy oʻtgandan soʻng kuchga qiradi. Yuqorida bayon etilganlarni TASDIQLASH MAQSADIDA quyida imzo chekkan va oʻzlarining tegishlicha rasmiylashtirilgan soʻzsiz vakolatlarini taqdim etgan Muxtor vakillar ushbu shartnomani oʻz hukumatlari nomidan imzoladilar va imzolari roʻparasida koʻrsatilgan sanalar yoniga oʻz muhrlarini bosib tasdiqladilar.

31




Materiallar Xalqaro Rerixlar Markazi tomonidan taqdim etilgan Buklet uchun matn EURASSIM xodimlari tomonidan tayyorlangan Rus tilidan tarjima: T.Yu.Narmirzayev Design: P.Stepanov, E.Tomsha © Xalqaro Rerixlar Markazi © EURASSIM

2021




Turn static files into dynamic content formats.

Create a flipbook
Issuu converts static files into: digital portfolios, online yearbooks, online catalogs, digital photo albums and more. Sign up and create your flipbook.