5 minute read

SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARIDA INNOVATSION METODLAR ORQALI ALISHER NAVOIY ASARLARINI O’QUVCHILARGA O’RGATISH (1-SINF MISOLIDA) Ulugmurodova Gullola Faxriddinovna Nurmanova Nargiza Norqo'ziyevna Musayeva Nodira Azimovna

№ 29 (158), 2020 ɝ.

SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARIDA INNOVATSION METODLAR ORQALI ALISHER

Advertisement

NAVOIY ASARLARINI O’QUVCHILARGA O’RGATISH (1-SINF MISOLIDA)

Ulugmurodova Gullola Faxriddinovna Kattaqo’rg’on shahar 11-IDUM boshlang’ich sinf o’qituvchisi, O'zbekiston, Samarqand

Nurmanova Nargiza Norqo'ziyevna Ishtixon tumani 5-umumta’lim maktabining boshlangich sinf o’qituvchisi, O'zbekiston, Samarqand

Musayeva Nodira Azimovna Kattaqurg'on tumani 16-umumta'lim maktabining boshlangich sinf o'qituvchisi, O'zbekiston, Samarqand ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar orqali o’quvchilarda fanga oid bilimlarni shakllantirish, bilimlarni puxta egallash jihatlari tahlil qilingan. sinfdan tashqari o’qish orqali o’quvchilarning tarixga, milliy qadriyatlarga bo’lgan qiziqishlari ortadi. O’quvchilar mavzuga ijodiy yondashadi, erkin o’z fikrlarini bildirishga harakat qiladilar. Bu bilan ularning mustaqil fikri teranlashadi, dunyo qarashi o’sadi, darsga qiziqishi ortadi, topqirligi, zukkoligi, tezkorligi, faolliklari oshib boradi. Ta’limiy o’yinlarning 1-sinf o’quvchilari uchun muhim jihatlari ochib berilgan

Kalit so’zlar: sinfdan tashqari o’qish, rivoyat, boshlang’ich ta’lim, Alisher Navoiy.

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyat, ta’lim tizimi o’lkan o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Buni biz maktab tizimida ham ko’rishimiz mumkin. O’quvchilarning nutqining ravon, topqir, mukammal, ifodali bo’lishida sinfdan tashqari o’qish darslarining o’rni beqiyosdir. Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi.

Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari tashkil etilgan. sinfdan tashqari o’qish darslari 1—2-sinfda haftada 1 marta, 3—4-sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi.

Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantifish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi.

Sinfdan tashqari o’qishni tashkil qilish o’qituvchining zimasidagi vazifa hisoblanadi. Bunda o’quvchi uni bosqichlarga ajratib tashkil qiladi. sinfdan tashqari o’qish' darslari o'quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o'qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o'qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo'linadi:[1] 1.Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi — 17—20 daqiqasi ajratilgani uchun „sinfdan tashqari o’qish' mashg'uloti" deb yuritiladi. Uning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, o'qituvchi asarni o'zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo'lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e'tibor beradi. Asarni o'qituvchining o'zi o'qib beradi. O'quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga o'rgatiladi. Bu bosqichda o'quvchilar o'qish gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo'lish bilan tanishadilar. 2.Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o'qishdan oldin o'quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar muallifini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi o'qiydigan o'quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so'ng o'qitiladi. Asarning oson o'qiladigan o'rinlarini bo'sh o'qiydigan o'quvchilarga o'qitish ham mumkin. Bu tillarda o'qishga qiziqish uyg'otadi. Bu bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qiydilar. Shuning uchun o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim. 3. Asosiy bosqich. 2-4 sinfga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bu bosqichda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlariga baho quyiladi. Baho qo’yishda dastur talablariga asoslaniladi: sinfning umumiy ishlariga qatnashishi, o’qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishiga miqdoriga, o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar. 1-sinf “ Kitobim oftobim” kitobida ikkita rivoyat Alisher Navoiy haqida yoritilgan . Bu asarlarimiz rivoyat tarzida o’quvchilarga berilgan bo’lib, bunda

o’quvchilar ma’lumotni yaxshi o’zlashtirib oladilar “Oqilona javob” va “Non isi” rivoyatlari berilgan. Bu rivoyatlar SINFDAN TASHQARI O’QISH’ davrining ikkinchi bosqichiga to’g’ri keladi. O’qituvchi “Oqilona javob” asarni o'qishdan oldin o'quvchilarga asar nomi bilan tanishtiradilar, Alisher Navoiy bobomiz rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqida soddagina qilib hayoti, ijodini yozadilar. “Oqilona javob” asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asarimiz kitobni yaxshi o'qiydigan o'quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so'ng o'qitiladi. Bu bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qishlari hisobga olinadi. Shuning uchun o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim. Oqilona javob Rivoyat

Alisher Navoiy Xuroson hokimi Husayn Boyqaro saroyida bosh vazir ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning maslahatlariga quloq solar edi.

Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga kirish oldidan Navoiyga ko’rinish beribdida, ko’rsatkich barmog’i bilan boshini ko’rsatibdi. Navoiy ham xuddi o’sha barmog’i bilan tilini ko’rsatibdi.

Husayn Boyqaro boshini chayqabdida saroyga kirmay, iziga qaytibdi.

Voqeani kuzatib turgan Navoiyning shigirdlari bu imo-ishoralarning sababini so’rashibdi. Navoiy bu jumboqni javobini yechishni ularning o’zlariga havola qilishibdi. Shogirdlar o’ylab-o’ylab topisholmabdi. Shogirdlaridan biri Navoiyni gapga solish maqsadida siyohdonni ag’darib yuboribdi. Shunda Navoiy : -Abdullatif, xayolingiz nega buncha parishon bo’lib qoldi? Siyohdon ag’darildi-ku,___debdi. -Kechiring, usinfdan tashqari o’qishz, -uzr so’rabdi Abdullatif, -haligi muammoning sababini o’ylab…

Navoiy boyagi imo-ishora ma’nosini aytishga majbur bo’libdi: -Husayn “ Boshga baloni nima keltiradi?” deb so’rab edi, “Til”, deb javob qildim.

Shogirdlari Navoiyning ziyrakligiga qoyil qolibdi. [7]

“Begona so‘z” usuli

Bu usul uchun “O‘qish kitobi” da berilgan biror bir she’r yoki matn asos qilib olinadi. O‘quvchilar berilgan vaqt ichida jadvalda berilgan 4 ta so‘zdan matn yoki she’rda uchramaydigan so‘z yoki so‘zlarni topishi talab qilinadi. Jadval.

“Oqilona javob”

1. 2. 3. 4. Alisher Navoiy 1.Rivoyat Husayn 2. Bosh silkitdi Shogird 3. shamdon Samolyot ( begona so’z ) 4. Qo’shiq( begona so’z )

Rivoyat 1-sinf Natijaviyligi • O‘quvchilardagi mantiqiy fikrlash ko‘nikmasi rivojlantiriladi; • Matnni tahlil qila olish malakasi sinaladi; • Mustaqil fikrlashga yordam beradi;

Qiyosiy o‘rganishga o‘rgatadi.

Ayniqsa bu mashg’ulotimiz 1-sinflar uchun qiziqarli jarayon hisoblanadi. Darsni yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. 1-sinfda yaxshi ta’limtarbiya muhim omil sanaladi.

Shunday qilib, badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va axloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch- qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 1. Ma'qulova B. va boshqalar. Boshlang'ich sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari. T, «O'qituvchi», 2006- yil. 2. Mirzaev I. Dars tahlili. T., «O'qituvchi», 2005- yil. 3. Oripov K, Obidova M. Ifodali o'qish. T., «O'qituvchi», 2002- yil. 4. To'rt yillik boshlang'ich sinflarda SINFDAN TASHQARI O’QISH’. T, «O'qituvchi», 2009- y. 5. Umarova M, Xudoyberganov M. Bayonlar to'plami.T."O'qituvchi", 2002-y 6. Qosimova K. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodiicasi. T., 'O'qituvchi", 2005- yil. 7. B. Ma’qulova, D. Nasriddinova. Kitobim-oftobim. Toshkent -2017-yil

This article is from: