5 minute read
ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING RUHIYATINI O’RGANISH VA YAKKA MASHG’ULOTLARDA RIVOJLANTIRISH Salimov Muxriddin Faxriddin o’g’li Abdullayeva Maftuna Muhitdinovna
from internauka332020
by bortnikova
PSIXOLOGIYA
ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING RUHIYATINI O’RGANISH VA YAKKA MASHG’ULOTLARDA RIVOJLANTIRISH
Advertisement
Salimov Muxriddin Faxriddin o’g’li
Maxsus pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O'zbekiston, Toshkent
Abdullayeva Maftuna Muhitdinovna o’qituvchi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O'zbekiston, Toshkent
LEARNING AND DEVELOPMENT OF THE HEART OF CHILDREN WITH HEARING DISORDERS IN INDIVIDUAL ACTIVITIES
Mukhriddin Salimov 2nd year student of the Faculty of Special Pedagogy, Tashkent State Pedagogical University, Uzbekistan, Tashkent
Maftuna Abdullayeva Teacher, Tashkent State Pedagogical University, Uzbekistan, Tashkent
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola alohida yordamga muhtoj bolalarning tarkibiy qismiga kiradigan ENB bolalarining ruhiyatini o’rganishda o’ziga xos tasniflar va metodlar haqida boradi. ENB bolalarning ruhiy tushkunlikka tushishi va ularning qanday o’yinlar orqali ruhiy tushkunlikdan chiqib ketish yo’llari o’rganiladi.
ȺɇɇɈɌȺɐɂə
ȼ ɫɬɚɬɶɟ ɪɚɫɫɦɚɬɪɢɜɚɸɬɫɹ ɤɨɧɤɪɟɬɧɵɟ ɤɥɚɫɫɢɮɢɤɚɰɢɢ ɢ ɦɟɬɨɞɵ ɢɡɭɱɟɧɢɹ ɩɫɢɯɢɤɢ ɞɟɬɟɣ ɫ ɗɇȻ, ɜɯɨɞɹɳɟɣ ɜ ɫɨɫɬɚɜ ɞɟɬɟɣ ɫ ɨɫɨɛɵɦɢ ɩɨɬɪɟɛɧɨɫɬɹɦɢ. ENB ɢɫɫɥɟɞɭɟɬ, ɤɚɤ ɞɟɬɢ ɜɩɚɞɚɸɬ ɜ ɞɟɩɪɟɫɫɢɸ ɢ ɤɚɤ ɨɧɢ ɦɨɝɭɬ ɩɪɟɨɞɨɥɟɬɶ ɞɟɩɪɟɫɫɢɸ ɫ ɩɨɦɨɳɶɸ ɢɝɪɵ. ABSTRACT
This article deals with specific classifications and methods for studying the psyche of children with ENB, which is part of children with special needs. ENB explores how children become depressed and how they can overcome depression through play.
Kalit so’zlar: korreksiya, ruhiyat, metod, xususiyat, ijtimoiy muhit, psixik jarayon, emotsiya, surdopedagogika, surdopsixologiya, nutq, daktil, imo-ishora, zaif eshituvchi, yuqori texnologiyalar.
Ʉɥɸɱɟɜɵɟ ɫɥɨɜɚ: ɤɨɪɪɟɤɰɢɹ, ɩɫɢɯɢɤɚ, ɦɟɬɨɞ, ɨɫɨɛɟɧɧɨɫɬɶ, ɫɨɰɢɚɥɶɧɚɹ ɫɪɟɞɚ, ɩɫɢɯɢɱɟɫɤɢɣ ɩɪɨɰɟɫɫ, ɷɦɨɰɢɹ, ɩɟɞɚɝɨɝɢɤɚ ɝɥɭɯɢɯ, ɩɫɢɯɨɥɨɝɢɹ ɝɥɭɯɢɯ, ɪɟɱɶ, ɞɚɤɬɢɥɶ, ɠɟɫɬ, ɫɥɚɛɨɫɥɵɲɚɳɢɟ, ɜɵɫɨɤɢɟ ɬɟɯɧɨɥɨɝɢɢ.
Keywords: correction, psyche, method, feature, social environment, mental process, emotion, deaf pedagogy, deaf psychology, speech, dactyl, gesture, hearing impaired, high technology.
Har bir mamlakatda amalga oshirilayotgan ta’lim tarbiya tizimi negizida muayyan maqsadlar yotadi. Istiqlol vazifalari esa bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi mazmunini yangilashni talab qiladi. Maxsus pedagogika ham umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lganligi uchun, bu vazifalar ushbu sohaning ustuvor maqsadlariga aylandi. Maxsus pedagogika hozirgi kunda alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiya berish jarayonida yangi metodlardan foydalanib kelmoqda. Hozirgi kunda BMT ma’lumotlariga ko’ra dunyo miqyosida nogiron bolalar ko’rsatkichi 450mln.ga teng. YuNESKO ma’lumotlariga qaraganda esa ular orasida alohida yordamga muhtoj bolalar soni 200mln. atrofida. ENB bolalar bilan maxsus pedagogikaning tarkibiy qismiga kiradigan Surdopedagogika ta’lim yo’nalishi shug’ullanadi.
Surdopedagogikaning asosiy vazifalari Eshitishda nuqsoni bor bolalarning nutqiy tovushlarini idrok etish va og’zaki nutqni rivojlantirishdir. Eshitishda nuqsoni bor bolalarni tasniflash XVI asrlarga to’g’ri keladi. Italiya olimi D.Kardano karlarni 3 guruhga ajratgan karlikni vujudga kelish vaqtiga bog’liqligi va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslangan:
Tug’ma karlar;
Erta kar bo’lgan (nutqi ravojlangunga qadar);
Kech kar bo’lganlar ( nutqi saqlanib qolganlar);
Parijdagi kar va zaif eshituvchi o'quvchilar institute vrachi J. Itar besh guruhga bo’lgan , ularning tovushlari va nutqlarning eshitishiga qarab ajratgan: 1) yuqori nutq va tovushlarni qulog’ining yaqinida eshituvchilar; 2) unli va undoshlilarni ajratuvchilar;
3) ayrim unli va undoshlarni ajratuvchilar; 4) nutqlarni eshitmaydigan, lekin baland tovushlarni eshitadiganlar; 5) umuman eshitishida nuqsoni bolganlar.
Karlik — eshitishning mutlaqo yo'qligi (mutlaqo eshitmaslik) yoki pasayishining shunday shakliki , unda og'zaki nutq faqat qisman, eshitish apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi. Zaif eshitish — har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi, unda nutqni idrok etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz kuchaytirilganda unli idrok etish mumkin bo’ladi. Boskis tomonidan ishlab chiqilgan pedagog tasnifniga ko’ra eshitish analizatorlari hisobga olingan. Shunga ko’ra 2 guruhga ajratgan. Karlar va zaif eshituvchilar. Kar bolalarning o’zi ham 2 guruhga bo’linadi. Tug’ma va chaqaloqlik davrida eshitishini yo’qotgan keyin kar bo’lib qolgan bolalar. Ayrim vaziyatlarda kech kar bo’lib qolgan bolalar nutqini saqlab qoladi. Keyin kar bo’lib qolgan bolalar eshitishi pasaygan bolalarning alohida toifasini tashkil etadi.Surdopedagog eshitishda nuqsoni bor bolalarda ta’lim-tarbiya berish jarayonida quyidagi metodlarni tatbiq etadi. Ɉ'quvchilarning ruhiy rivojlanishi yoshiga mosligini aniqlash uchun psixologik-pedagogik tekshirishdan , nuqsonning turini aniqlashda differensial diagnostika usulidan , eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash bo‘yicha ota-onalar bilan konsul'tasion suhbatni o‘tkazish usullarini qo‘llaydi. Oila va ta'lim muassasalarida pozitiv psixologik muhitni yaratishda psixoprofilaktik metodlardan foydalanadi , maxsus ta'lim muassasalarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga o‘quv fanlari bo‘yicha ta'lim berish usullaridan foydalanadi.O'qutuvchi ENB bolalarda metodlar bilan bir qatorda o'yinlardan ham foydalanadi. Asosan 1- navbatda pedagog mehnat faoliyatining individual rivojlanishda boshqa faoliyat turlari bilan tasniflanadi. Predmetning o’quv va o’yin faoliyati. Eshituvchi bolaning ruhiy jarayonlarini shakllantirish uning shaxsini rivojlantirish predmetli faoliyat asosida amalga oshadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o’yin faoliyati 3-7 yosh sanaladi. ENB bolalarning o’yinlari eshituvchi bolalarga nisbatan juda sodda ko’rinishda bo’lib predmet protsessual darajada to’xtab turadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar o’yinida haddan ortiq detalizatsiya predmet harakatlarini pedaktimi kuzatiladi. O’yinning xarakterli tomoni hayotda qo’llaniladigan predmetni boshqa maqsadda qo’llashdir. ENB bolalarining ruhiy rivojlanishining o’ziga xosligini oladigan bo’lsak, o’zlarini boshqa bolalardan farqli jihatlarini bilganlarida ayrim hollarda ruhiy tushkunlikka tushadilar. Ruhiy tushkunlikka tushishlaridan asosiy sabab—ba’zi bir insonlarning kamsitishi, ularga yovqarash qilish hanuzgacha saqlanib qolgan. ENB bolalar yoki tuushkunlikka tushgan insonlar ham odamlar naznida ”zaif inson” sifatida ko’rinadi. ENB bolalarni o’z vaqtida ruhiy tushkunlikdan olib chiqilmasa, depressiyaga olib kelishi mumkin. ENB bolalarning depressiyaga tushishi asosan ularning o’ta chuqur va uzoq muddatli qayg’uga botishi va odamovi bo’lib qolishi bilan kechadi. Depressiya asosan uzoq muddatli kamsitishlar natijasida yoki ba’zi hollarda to’satdan paydo bo’lishi ham mumkin. ENB bolalarni ruhiy tushkunlikka tushib qolmasliklari uchun ularga sog’lom bolalardek muomalada bo’lish kerak. Ularni boshqa insonlardan ajralib turishini bildirmasdan ta’lim tarbiya jarayonini to’g’ri olib boorish lozim. ENB bolalarini ruhiy tushkunlikdan olib chiqish uchun asosan-ruhiyatni ko’taradigan va bolalar yoqtirgan o’yinlarni tashkillashtirish lozim.ENB bolalarning o’yinlari eshituvchi bolalarga nisbatan juda sodda ko’rinishda bo’lib predmet protsessual darajada to’xtab turadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar o’yinida haddan ortiq detalizatsiya predmet harakatlarini pedaktimi kuzatiladi. O’yining xarakterli tomoni hayotda qo’llaniladigan predmetni boshqa maqsadda qo’llashdir. Masalan qalam-termometr, kubik-dazmol kurinishida ishlatish mumkin. ENB bolalarda turli qoidalarga ega intellektual o’yinlar yoki guruhlarga bulinib tashkil etilgan o'yinlar , estafeta shaklida tashkil qilingan o'yinlar katta ahamyatga ega. ENB bolalarda o'yinlar o’quv jaroyoni bilan parallel ravishda olib boriladi.Sog'lom bolalar o'yin davomida o'z tuyg'ularini turli xal xarakatlarida yoki gapirib ifoda etsalar. ENB bolalar o’yin davomida o’z tuyg’ularini jilmayish, kulish, mimika, imo-ishora harakatlari vositasida amalga oshiradi.ENB bolalarni ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va buning natijasida ularning hayotga integratsiyalashini ta’minlash kerak. Alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhitga qaytarish Islom dinida xam keltirilgan.
Muqaddas islom dinimizda irqi, nasabi, millati, boyligi, mansabidan qat’iy nazar, barcha insonlarga tenglik, hurlik, o’zaro hamjihatlik va birodarlikni kafolatlagan e’tiqodiy ta’limotdir. Jumladan payg’ambarimiz (s.a.v) bir hadis shariflarida shunday marhamat qiladilar:”Kimiki, bir mo’mindan dunyo qiyinchiliklaridan birini yengillashtirsa, Alloh taolo undan qiyomat og’irliklarini birini yengil, qiladi. Kimiki hayotda qiynalgan kishiga osonlikni ravo ko’rsa, Alloh taolo unga dunyo va oxiratda yengillikni ato qilur”, - deb aytganlar. ENB bolalarni o’zini shaxsini tanitish, hayotga qiziqish uyg’otish, sog’lom bolalar kabi fikrlashni o’rgatish ajri ulug’ bo’lgan amallardan biri hisoblanadi. “Bas, xayrli ishlarda o’zib ketingiz ” (Baqara sur’asi 148-oyat).
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. L.R.Mo’minova, Sh.M.Amirsaidova, M.U.Xamidova Maxsus psixologiya 2013-yil 2. F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova Umumiy psixologiya 2010-yil 3. V.S.Raxmonova Korreksion pedagogika va logopediya 2017-yil 4. X.J.Kalbayeva Maktabgacha surdopedagogika 2007-yil 5. Imom Al-Buxoriy “Al-jome as-sahih”