«
»
№ 1 (1), 2020 .
PSIXOLOGIYA ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING RUHIYATINI O’RGANISH VA YAKKA MASHG’ULOTLARDA RIVOJLANTIRISH Salimov Muxriddin Faxriddin o’g’li Maxsus pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O'zbekiston, Toshkent Abdullayeva Maftuna Muhitdinovna o’qituvchi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O'zbekiston, Toshkent
LEARNING AND DEVELOPMENT OF THE HEART OF CHILDREN WITH HEARING DISORDERS IN INDIVIDUAL ACTIVITIES Mukhriddin Salimov 2nd year student of the Faculty of Special Pedagogy, Tashkent State Pedagogical University, Uzbekistan, Tashkent Maftuna Abdullayeva Teacher, Tashkent State Pedagogical University, Uzbekistan, Tashkent ANNOTATSIYA Ushbu maqola alohida yordamga muhtoj bolalarning tarkibiy qismiga kiradigan ENB bolalarining ruhiyatini o’rganishda o’ziga xos tasniflar va metodlar haqida boradi. ENB bolalarning ruhiy tushkunlikka tushishi va ularning qanday o’yinlar orqali ruhiy tushkunlikdan chiqib ketish yo’llari o’rganiladi.
.
. ENB
,
,
-
ABSTRACT This article deals with specific classifications and methods for studying the psyche of children with ENB, which is part of children with special needs. ENB explores how children become depressed and how they can overcome depression through play. Kalit so’zlar: korreksiya, ruhiyat, metod, xususiyat, ijtimoiy muhit, psixik jarayon, emotsiya, surdopedagogika, surdopsixologiya, nutq, daktil, imo-ishora, zaif eshituvchi, yuqori texnologiyalar. : , , , , , , , , , , , , , . Keywords: correction, psyche, method, feature, social environment, mental process, emotion, deaf pedagogy, deaf psychology, speech, dactyl, gesture, hearing impaired, high technology. Har bir mamlakatda amalga oshirilayotgan ta’lim tarbiya tizimi negizida muayyan maqsadlar yotadi. Istiqlol vazifalari esa bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi mazmunini yangilashni talab qiladi. Maxsus pedagogika ham umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lganligi uchun, bu vazifalar ushbu sohaning ustuvor maqsadlariga aylandi. Maxsus pedagogika hozirgi kunda alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiya berish jarayonida yangi metodlardan foydalanib kelmoqda. Hozirgi kunda BMT ma’lumotlariga ko’ra dunyo miqyosida nogiron bolalar ko’rsatkichi 450mln.ga teng. YuNESKO ma’lumotlariga qaraganda esa ular orasida alohida yordamga muhtoj bolalar soni 200mln. atrofida. ENB bolalar bilan maxsus pedagogikaning tarkibiy qismiga kiradigan Surdopedagogika ta’lim yo’nalishi shug’ullanadi.
Surdopedagogikaning asosiy vazifalari Eshitishda nuqsoni bor bolalarning nutqiy tovushlarini idrok etish va og’zaki nutqni rivojlantirishdir. Eshitishda nuqsoni bor bolalarni tasniflash XVI asrlarga to’g’ri keladi. Italiya olimi D.Kardano karlarni 3 guruhga ajratgan karlikni vujudga kelish vaqtiga bog’liqligi va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslangan: Tug’ma karlar; Erta kar bo’lgan (nutqi ravojlangunga qadar); Kech kar bo’lganlar ( nutqi saqlanib qolganlar); Parijdagi kar va zaif eshituvchi o'quvchilar institute vrachi J. Itar besh guruhga bo’lgan , ularning tovushlari va nutqlarning eshitishiga qarab ajratgan: 1) yuqori nutq va tovushlarni qulog’ining yaqinida eshituvchilar; 2) unli va undoshlilarni ajratuvchilar; 82